6-mart kuni bo‘lib o‘tgan O‘FFning yillik anjumanida federatsiya rahbari Mirabror Usmonov Namangan futbol federatsiyasi rahbariyatidan “Navbahor” klubi oldidagi qarzni to‘lab qo‘yishni talab qildi. Bu haqda “Uff.uz” xabar bermoqda.
“Baxtiyor Ashurmatov ‘Navbahor’da yaxshi jamoa shakllantirishga urinmoqda. Bu klub, nasib qilsa, yaqin vaqtlar ichida sovrindor o‘rinlar uchun kurashadi. Ammo jamoa oldida oldingi mavsumlardan qolgan 4 milliard so‘m qarz bor. Qachon bu qarz bartaraf etiladi?
Kelasi hafta Namanganga safar uyushtiriladi. Shunga qadar qarzdorlikni bartaraf etish shart”, – dedi Mirabror Usmonov.
Izoh (0)