Kecha, 3-mart kuni Rossiya kubogining chorak finalida Moskvaning “Lokomotiv” klubi Qozonning “Rubin” jamoasiga qarshi o‘yin o‘tkazgan va bu uchrashuvda Vitaliy Denisov maydonga tushmagan edi, deb xabar beradi “Uff.uz”.
“Temiryo‘lchilar” bosh murabbiyi Miodrag Bojovich mazkur bellashuvda Denisov shamollab qolgani sababli maydonga tushmaganini aytib o‘tdi.
Ushbu uchrashuvda “Lokomotiv” penaltilar seriyasida g‘alaba qozonib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Izoh (0)