Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universitetining yangi rektori etib Komiljon Karimov tayinlandi. Bu haqda “Daryo”ning universitetdagi manbalari ma’lum qildi.
Yangi rektorni tanishtirish marosimi bugun, 3-mart kuni soat 16:30 da O‘zbekiston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, moliya vaziri Rustam Azimov ishtirokida bo‘lib o‘tadi. Rustam Azimov va Komiljon Karimov universitetning yangi binosidagi yangi kutubxonaga ham tashrif buyuradi.
Qayd etilishicha, Komiljon Karimov bungacha YuNESKOda, O‘zbekiston ta’lim tizimida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida ishlagan.
Izoh (0)