So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12175.07
    • RUB 125.42
    • EUR 12831.31
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +15°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    Toshkentda avtobusni bekatda to‘xtatmay, yo‘lovchilarga qo‘pollik qilgan haydovchi keskin tanqid qilindi

    03.03.2015, 11:15 7287

    Facebook’dagi “Potrebitel.uz” guruhi a’zolaridan biri Toshkent shahrida harakatlanuvchi avtobus haydovchilaridan biri unga o‘ta qo‘pol munosabatda bo‘lganini ma’lum qildi.

    Foto: Facebook / “Potrebitel.uz”

    Foto: Facebook / “Potrebitel.uz”

    Xabar muallifining so‘zlariga ko‘ra, u 2015-yil 2-mart kuni o‘ziga kerakli joygacha 11-yo‘nalishdagi avtobusda yetib olishga qaror qilgan. Nukus ko‘chasidagi bekatda davlat raqami 01 694 LAA bo‘lgan, “3-avtobus saroyi” aksiyadorlik jamiyatining 111-garaj raqamiga ega 11-yo‘nalishdagi avtobusga o‘tirgan.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, avtobus doim katta tezlikda harakatlanib, yo‘l qatorlarini almashtirib turgan. Haydovchi keskin to‘xtab va keskin tezlik olib turgan, bu esa yo‘lovchilarning tushib-chiqishiga qiyinchilik tug‘dirgan. Chipta sotish bilan shug‘ullangan 20 yoshlar atrofidagi yigitda na maxsus kiyim, na chiptachi guvohnomasi bo‘lmagan. Haydovchi yonida turgan qiz u bilan gaplashib, yo‘ldan chalg‘itib turgan.

    Avtobus “Istiqlol” san’at saroyi yaqinidagi kerakli bekatga yaqinlashgach, yo‘lovchi avtobusning o‘rta eshigi oldiga borgan. Chiptachi sifatida ishlayotgan yigit baland ovozda butun salondan tushadiganlar bor-yo‘qligini so‘ragan. Bunga javoban bir qiz tushishini aytgan. Haydovchi tezlikni pasaytirmagach, jabrlanuvchi ham buni baland ovozda qaytargan. Avtobus to‘xtamagan, u bu gapni yana ikki marta qaytarsa ham, haydovchi parvo qilmagan.

    Shundan keyin u haydovchining oldiga borib nima uchun to‘xtatmaganini so‘ragan. Bunga javoban haydovchi qo‘pol tarzda shoshilayotganini, rahbariyat oldida javob berishi kerakligini aytgan. Jabrlanuvchi arz qilishini aytganda haydovchi yanada qo‘pollashib, bo‘ralab so‘kina boshlagan. Shundan keyin u haydovchini suratga olishini aytgan, telefonini olib uni suratga tushirgan. Uning yoniga ikki yigit − psevdochiptachi va uning yordamchisi kelib, xalal berishga uringan.

    Haydovchining qo‘polligi va so‘kinishi oshib boravergan. U yo‘lovchining oila a’zolarini ham so‘kishga kirishganda, o‘zini tutib turolmay haydovchining yuziga zarba berishga uringan, biroq ikkala yigit bunga imkon bermagan. Haydovchi o‘rindig‘idan turib, uni o‘ldirishini aytgan. Bu paytda avtobus “Bunyodkor” metro bekati oldida to‘xtagan, yo‘lovchi avtobusdan tushib uning raqamlarini suratga olgan. Haydovchi va sheriklari esa unga tahdid qilishda davom etgan.

    Foto: Facebook / “Potrebitel.uz”

    Foto: Facebook / “Potrebitel.uz”

    Jabrlanuvchi aholiga xizmat ko‘rsatishning ushbu sohasi sifati bunchalik tushib ketganidan, haydovchilar qo‘pollik qilib, o‘zini shaxsiy avtobusini boshqarayotgandek tutishidan, chipta sotuvchilardan, kerakli bekatlarda to‘xtatmay, buni rahbariyatga to‘nkashlaridan, bu sohada ruhiy holati yaxshi bo‘lmagan odamlar ishlashidan, haydovchi shahar markazida u bilan urishib, o‘ldirishga tayyor bo‘lganidan noligan. “Toshshahartransxizmat”ga ham ishonch telefoni, ham sayti orqali shikoyat qilganini ma’lum qilgan yo‘lovchi bu masala yechilishiga amin emasligini, bunday holatlar Toshkent avtobuslarida ko‘p uchrashini aytgan va haydovchilarga ta’sir qilishning boshqa yo‘llarini so‘ragan.

    Avtobus haydovchisini o‘ta keskin tanqid ostiga olgan guruh foydalanuvchilari transport prokuraturasiga, shuningdek Yagona davlat xizmatlari interaktiv portali orqali shikoyat qilish samaraliroq bo‘lishini maslahat bergan. Bundan tashqari, avtobusdagi boshqa yo‘lovchilarning telefon raqamlarini olish lozim bo‘lganini aytishgan. Foydalanuvchilarning ba’zilari rahbariyat haydovchiga faqat hayfsan berilishini aytgan, boshqalar esa qattiqroq jazo, jumladan ishdan bo‘shatish va jarima undirilishiga umid bildirgan. Shuningdek, nafaqat haydovchini balki avtokorxona rahbariyatini ham jazolash lozimligi aytilgan. Jabrlanuvchi Yagona davlat xizmatlari interaktiv portali orqali shikoyat qilganini va javobni ham ma’lum qilishini aytgan.

    Ushbu holat yuzasidan “Tosshahartransxizmat” rasmiy ma’lumot bermagan.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga rektor tayinlandi

    Bugun, 08:27

    Navoiy viloyatidagi sport majmuasida yirik yong‘in sodir bo‘ldi (video)

    Bugun, 08:02

    La Liga. Serxio Ramosning avtogoli “Barselona”ga g‘alaba keltirdi

    Bugun, 02:09

    Saudiya Professional Ligasi. Ronalduning so‘nggi daqiqalarda urgan goli evaziga “An-Nassr” g‘alaba qozondi (video)

    Bugun, 00:28

    Markaziy Osiyoga sarmoya kiritish ijobiy natija beradimi?

    Kecha, 23:59

    Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘lining qurilishi qoldirilgani aytilmoqda

    Kecha, 23:40

    “Yo Xudo!.. Quti ichida nima bor?..” — “Yetti” filmi haqida

    Kecha, 23:35

    Qadah tutgan prezident, bo‘ron vayron qilgan qishloq, tikanli simlardan o‘tayotgan migrantlar — 29-sentabr suratlari

    Kecha, 23:10

    Xanchjou—2022. O‘zbekistonlik qilichbozlardan tarixiy g‘alaba, gandbolchilar guruhdagi so‘nggi o‘yinida zafar quchdi, Lazizbek Mullajonov musobaqani tark etdi

    Kecha, 23:05

    O‘zbekistonda yoshlar yetakchilariga qancha maosh to‘lanadi? Yoshlar yetakchisiga doir maʼlumot taqdim etildi

    Kecha, 23:00

    Tavsiya etamiz

    Qadah tutgan prezident, bo‘ron vayron qilgan qishloq, tikanli simlardan o‘tayotgan migrantlar — 29-sentabr suratlari

    23:00 / 29.09.2023

    “Daryo” reportaji: Portlashdan so‘ng Sergeli aholisiga qanday yordam berilmoqda?

    21:00 / 29.09.2023

    “Mazlum har doim mazlum bo‘lib qolaveradi va bu mazlumlik avlodlar kayfiyatida qayta-qayta takrorlanaveradi...” — “Oresteya” tragediyasi haqida

    23:00 / 28.09.2023

    Sergelidagi portlash, kitob o‘qiyotgan “Tolibon” jangchisi, yoppasiga o‘lgan baliqlar — 28-sentabr suratlari

    23:00 / 28.09.2023

    MOLIYA

    Biznes

    Markaziy Osiyoga sarmoya kiritish ijobiy natija beradimi? 

    23:00 / 29.09.2023

    O‘zbekistonda elektron tijorat qanday rivojlanmoqda?

    17:00 / 26.09.2023

    “Bugungi geosiyosiy vaziyatda bitta davlatga tayanib bo‘lmaydi” — bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev

    15:00 / 26.09.2023

    O‘zbekiston oktyabr oyidan Rossiyadan gaz import qilishga tayyor — Energetika vazirligi

    16:00 / 25.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    O‘zbekiston qonunchiligida 1-oktyabrdan nimalar o‘zgaradi?

    10:00 / 29.09.2023

    Sergelidagi portlashda shikastlangan BYD avtomobillari utilizatsiya qilinadi

    08:00 / 29.09.2023

    Malida bortida “Vagner” askarlari bo‘lgan samolyot portlab ketdi (video)

    16:00 / 29.09.2023

    Ranbir Kapur 41 yoshda: Aktyor bo‘lishni istamagan va o‘zidan 11 yosh kichik aktrisaga uylangan Bollivud yulduzi haqida 

    15:00 / 29.09.2023

    Qirg‘izistonda davlat bayrog‘ini o‘zgartirish taklif qilindi (foto)

    13:00 / 29.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.