1-mart kuni bo‘lib o‘tgan Tojikiston parlamentiga saylovida mamlakat prezidenti Emomali Rahmon rahbarligidagi Tojikiston Xalq Demokratik partiyasi 65,2 foiz ovoz to‘plab g‘olib bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.
Tojikiston Saylovlar va referendumlar bo‘yicha markaziy komissiyasi raisi Shermuhammad Shoxiyonning so‘zlariga ko‘ra, ro‘yxatga olingan saylovchilarning 87,7 foizi saylovda qatnashgan.
Shuningdek, Majlisi Oliining quyi palatasi −Majlisi namoyondagonga Tojikiston Agrar partiyasi, Iqtisodiy islohotlar partiyasi va mamlakat tarixida ilk marta Sotsialistik partiya ham kirishga muvaffaq bo‘lgan.
Izoh (0)