Samarqand viloyati, Ishtixon tumanida noma’lum haydovchi avtomashinani “Toshkent-Buxoro” yo‘lining 62-kilometrida boshqarib ketayotib, yo‘lni kesib o‘tayotgan yo‘lovchini urib yubordi, deb xabar bermoqda Ichki ishlar vazirligining axborot xizmati.
Qayd etilishicha, haydovchi voqea joyidan ketib qolgan. Jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizilgan. Ushbu holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu yo‘l-transporti hodisasini mahalliy aholiga mansub, 35 yoshli shaxs o‘zining Nexia rusumli avtomashinasida sodir etgani aniqlandi. Gumonlanuvchi ushlanib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)