Rossiya Davlat Dumasi Ukrainada armiyada xizmat qilgan yoki chaqiriqdan ozod qilingan Qrim va Sevastopol aholisini Rossiya harbiy xizmatiga chaqiriqdan ozod qilishni ko‘zda tutuvchi qonun loyihasini qabul qildi, deb xabar bermoqda “Rossiyskaya gazeta”.
Hozirgi “Harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi qonunga binoan fuqarolar bunday huquqqa ega emas va yana bir marta harbiy chaqiriq olishi mumkin.
Yangi qonun mualliflari ushbu hujjat Rossiya tarkibiga yangi qo‘shib olingan hududlarda ijtimoiy keskinlik oshmasligining imkonini beradi.
Izoh (0)