Italiyaning Boltiq havo patruli missiyasini bajarayotgan Typhoon qiruvchi samolyotlari dengiz ustida Rossiyaning Il-20 radioelektron razvedka samolyotini kuzatib qo‘ydi, deb xabar bermoqda BNS agentligi.
Litva Mudofaa vazirligi vakilining so‘zlariga ko‘ra, Il-20 rejasiz va avtomatik javob qaytargichi o‘chirilgan holda parvoz qilgan, biroq parvozlarni boshqarish markazi bilan bog‘langan.
Shuningdek, 25-fevral oqshomida Italiya qiruvchi samolyotlari Rossiyadan Kaliningrad viloyatiga uchirilgan An-22 va An-72 harbiy-transport samolyotlarini kuzatib qo‘yish uchun ham havoga ko‘tarilgan.
Izoh (0)