O‘zbekiston milliy terma jamoasi Janubiy Koreya va Yaponiya terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlaridan oldin 23-mart kuni Toshkentda yig‘iladi. Shundan so‘ng, terma jamoa 24-mart kuni Janubiy Koreya poytaxti Seul shahriga jo‘nab ketadi va o‘z yig‘inini davom ettiradi, deb xabar beradi “Stadion.uz”.
Mirjalol Qosimov bosh murabbiyligidagi milliy terma jamoa 27-mart kuni Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Ushbu uchrashuvdan so‘ng terma jamoa Yaponiya poytaxti Tokio shahriga jo‘nab ketadi va u yerda 31-mart kuni Yaponiya terma jamoasiga qarshi o‘rtqolik uchrashuvini o‘tkazadi.
Ta’kidlash joiz, Janubiy Koreya va Yaponiyaga qarshi uchrashuvlar O‘zbekiston terma jamoasi uchun iyun oyida start oladigan JCh – 2018 saralash 2-bosqich bahslariga tayyorgarlik vazifasini o‘taydi.
Izoh (0)