Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

18-fevral kuni O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov tomonidan tasdiqlangan “Keksalarni e’zozlash yili” davlat dasturida 1941−1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylariga alohida e’tibor qaratilgan, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”.

Foto: anons.uz

Foto: anons.uz

O‘zbekiston Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi axborot xizmatining “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, ularni ko‘plab imtiyoz va imkoniyatlar kutib turibdi.

Jumladan, ularga sog‘lomlashtirish sanatoriyalarida 12 kun davomida bepul davolanish, temiryo‘l transportidan yilda bir marta bepul foydalanish imkoniyati taqdim etiladi, shuningdek tibbiyot sohasida bir qator qulaylik va imtiyozlar joriy qilinadi.

Bundan tashqari, Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan faxriylar moddiy rag‘batlantiriladi, ularga analog va raqamli signallarni qabul qiluvchi televizorlar va O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mobil telefonlar sovg‘a qilinadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
Sezmagansiz ham: Film voqealaridagi mantiqqa to‘g‘ri kelmaydigan qo‘pol xatolar (foto) 
Mahalliy
Qatar amiri davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi (foto)
Karyera
Hokimiyat ularning qo‘llarida: Butun dunyoni boshqaradigan beshta oila (foto)