Yevropa Chempionlar ligasining 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan “Bazel” hamda “Portu” klublari o‘rtasidagi dastlabki uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi. Unda g‘olib jamoa nomi aniqlanmadi, deb xabar bermoqda “Uff.uz”.
Dastlab, o‘yinning 11-daqiqasida Gonsales Frayning ajoyib uzatmasini qabul qilib olib, birdaniga raqibning ikki himoyachisini aldab o‘tib, to‘pni Freytas qo‘rqlayotgan darvoza to‘riga joyladi – 1:0.
Ikkinchi bo‘limning 79-daqiqasiga kelib, “Portu” penaltidan muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi. “Bazel” himoyachisi o‘z jarima maydonida qo‘li bilan o‘ynagani sababli hakam ikkilanmasdan 11 metrlik nuqtani ko‘rsatdi va Danilo bunday imkoniyatni qo‘ldan boy bermadi. Uchrashuv oxiriga qadar durang natija saqlanib qoldi.
Demak, mazkur natija ikkala jamoada ham keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini qoldirmoqda. Barchasi javob uchrashuvida hal bo‘ladi.
YeChL. 1/8 final
“Bazel” (Shveysariya) – “Portu” (Portugaliya): 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 11 Gonsales, 1:1 – 79, penalti Danilo.
“Bazel”: Vatslik, Jaka, Suxi, Samuel, Safari, El-Nenni, Fray, Gonsales (Kalla, 25), Zuffi, Gashi (Xamudi, 83), Shtreller (Embolo, 63).
“Portu”: Freytas, Danilo, Pereyra Roke, Markano, Aleks Sandro, Errera, Kazemiro, Torres (Nevesh, 68), Telyo (Kintero, 81), Martines, Braimi (Kuarejma, 61).
Ogohlantirishlar: Fray (21), Kazemiro (29), El-Nenni (36), Torres (36), Samuel (46), Aleks Sandro (51), Gashi (57), Suxi (62), Danilo (86).
Izoh (0)