Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘zining tug‘ilgan kunidagi bazmda olingan fotosuratlar va videolavhani ijtimoiy tarmoqlarga chiqarib yuborgan kolumbiyalik qo‘shiqchi Kevin Roldanni sudga bermoqchi, deb xabar qilmoqda “Korrespondent.net”.
Ronalduning 30 yoshga to‘lishi munosabati bilan o‘tkazilgan kechaga kolumbiyalik qo‘shiqchi “Real” futbolchilari Xames Rodriges, Sami Xedira, Marselo kabilar bilan birga mehmon bo‘lgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Madridning “Atletiko” klubidan 0:4 hisobida mag‘lubiyatga uchralgan kunda o‘tkazilgan bazm “Real” rahbariyati, futbolchilari va muxlislari tomonidan ko‘plab tanqidlarga sabab bo‘lgan edi.
Izoh (0)