Qozog‘iston shimolidagi Qo‘stanay viloyatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida to‘rt kishi halok bo‘ldi va uch kishi jarohat oldi, deb xabar bermoqda “Newskaz.ru”.
Qo‘stanay viloyati Favqulodda vaziyatlar departamenti xabariga ko‘ra, avariya Qo‘stanay − Karabutak trassasining 146-kilometrida sodir bo‘lgan. “Hyundai Solaris avtomobilini rulida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketgan va Daimler-Benz avtomobili bilan to‘qnashgan”, − deyiladi xabarda.
To‘qnashuv oqibatida Hyundai Solaris salonida bo‘lgan uch nafar O‘zbekiston fuqarosi va 1 nafar Qozog‘iston fuqarosi voqea joyida halok bo‘lgan. Yana bir o‘zbekistonlik og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan. Shuningdek, Daimler-Benz haydovchisi va yo‘lovchisi ham jarohat olgan.
Izoh (0)