“Nowhereelse.fr” nashri hali taqdim etilmagan Apple planshetiga mo‘ljallangan g‘ilof suratlarini chop etdi va shu tariqa bunday gadjet ustida ish olib borilayotganini bilvosita tasdiqladi, deb yozadi “Rossiyskaya gazeta”.
U iPad Air 2 uchun mo‘ljallangan g‘ilofdan ustki va pastki chetlarining ochiqligi bilan farq qiladi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, planshet ekranining diagonali 12,2—12,9 dyuym atrofida bo‘ladi.
Odatda Apple iPad’ning yangi versiyalarini oktabrda — iPhone taqdimotidan bir oy o‘tgach, namoyish etadi. Biroq “Nowhereelse.fr” ta’kidlashicha, bu yil yangi qurilma mart yoki aprelda taqdim etiladi.
Izoh (0)