“Kasperskiy laboratoriyasi” Arabistonga tegishli kiberjosuslik kampaniyasini fosh qildi, deya xabar bermoqda “Mail.ru”. Uning asosiy zarbasi Yaqin Sharq mamlakatlaridagi strategik ahamiyatga ega obyektlarga yo‘naltirilgan.
Desert Falcons deb nom olgan operatsiya qurbonlarining katta qismi Falastin, Misr, Isroil va Iordaniyada qayd etilgan. Arab kiberjosuslari 50 dan ortiq mamlakatda jami 3000 dan ziyod foydalanuvchilarga hujum qilib, millionlab fayllarni o‘g‘irlagan.
Desert Falcons kiberjosuslik kampaniyasi kamida ikki yildan buyon faol bosqichda turibdi.
Izoh (0)