Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ukraina Mudofaa vazirligi ayirmachilarning Kiyev qo‘shinlarini Debalsevodan olib chiqib ketish uchun yo‘lak ochib berish taklifini rad etdi, deb xabar bermoqda Meduza.

Foto: argumentua.com

Foto: argumentua.com

Ukraina Mudofaa vazirligi rasmiy vakili Vladislav Seleznyovning eslatishicha, Debalsevo Minskdagi muzokaralar yakunida qabul qilingan tinchlik rejasi bo‘yicha ayirmachilar o‘z og‘ir qurollarini olib ketishi kerak bo‘lgan hududlarga kiradi.

Qayd etilishicha, 16-fevral kuni “Donetsk Xalq Respublikasi” vakili Denis Pushilin Debalsevodan Ukraina qo‘shinlarini olib chiqib ketishi uchun “yashil yo‘lak” ochib berishni taklif qilgan. “DXR” Debalsevoni o‘z hududi deb hisoblashini ta‘kidalagan Pushilin ukrainalik harbiylar qurol va texnikalarini qoldirib, o‘zlari chiqib ketishlari mumkinligini ma’lum qilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Abdulla Aripov Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni partiya kotibi bilan uchrashdi
Turkmaniston
Turkmaniston Arqadag‘ shahri loyihasini BMT Bosh assambleyasida taqdim etadi
Kripto
Bir haftada Binance kriptobirjasidan 2 mlrd dollardan oshiq mablag‘ chiqib ketdi