Rossiya Federatsiyasi Bosh porkuraturasi Qozon aeroprtida qo‘lga olingan jinoyatchini O‘zbekistonga ekstraditsiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi, deb xabar bermoqda “116kzn.ru”.
Ekstraditsiya qilingan Alisher G‘ulomov 2013-yil yanvaridan dekabr oyigacha Toshkentda noqonuniy daromadlarni rasmiylashtirish bo‘yicha firibgarlik ishlarini sodir etgani, hujjatlarni soxtalashtirgani, shuningdek qimor o‘yinlarini tashkil etgani va o‘tkazgani aniqlangan.
Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi bilan yashiringan. 2014-yil iyulida qidiruv e’lon qilingan, o‘tgan yilning sentabrida Qozon aeroportida qo‘lga olingan.
Izoh (0)