Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Instagram ijtimoiy tarmog‘ida “Ladies show” “Eng go‘zal tabassum sohibalari uchun!” shiori ostida shou biznes vakillarining suratlari paydo bo‘ldi, deb yozadi “Popcorn.uz”.

Foto: popcorn.uz

Foto: popcorn.uz

Albatta, navbatdagi fotosuratlar barchani qiziqtirib, estradamizning yorqin namoyondalari yana nimani boshlashdi ekan degan savollar tug‘ila boshladi. Bugun esa bularning barchasini ayon qilish vaqti yetdi. ART centre tomonidan UZTE Bosh homiyligida O‘zbekistonda ilk bor ayollar hajviy shou dasturini o‘tkazish maqsadida el ardog‘idagi sevimli kinoaktrisalar saralab olindi va ular ishtirokida kutilmagan haqiqiy ma’nodagi Shou dastur tayyorlandi.

Loyihada Shahzoda Matchonova, Nargiza Abdullayeva, Sevara Soliyeva, Munojot Alimbayeva, Nargiza Salmonova kabi 15 nafar taniqli aktrisalar shuningdek estradamiz yulduzlari ishtirok etishadi.

Mazkur loyihaning mualliflari Abdumalik Yunusov, Zamira Beshimova, Hikmatilla Pirjonovlar. Ilk dastur 21-fevral kuni 19:00 da “Zarafshon” konsert zalida bo‘lib o‘tadi va muntazam ravishda har oyda o‘tkaziladi. Ilk efir vaqti 8-mart kuni MY 5 kanali orqali go‘zal ayollarga tuhfa qilinadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
Ajoyib sujet va yuqori reytingga ega bo‘lsa ham tomoshabinlar e’tiboridan chetda qolgan 2022-yilda chiqqan ajoyib multfilmlar
Mahalliy
Kechikkan sovg‘a: Jizzax viloyati hokimligi 28-mart kuni Xalqaro xotin-qizlar kuniga atab 465 mln so‘mlik tender o‘tkazdi
Mahalliy
Prezident viloyat hokimlari va elchilarga eksportni 2,5 mlrd dollarga yetkazish bo‘yicha topshiriq berdi