O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2015-yil 17-fevraldan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari o‘tgan haftagidan 6,14 so‘mga oshib, 2454,30 so‘mni, 1 yevro o‘tgan haftagidan 2,32 so‘mga oshib, 2777,13 so‘mni, 1 Rossiya rubli o‘tgan haftagidan 0,64 so‘mga oshib, 37,71 so‘mni tashkil etadi.
Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.