Professional boksning super og‘ir vazn toifasida faoliyatini davom ettirayotgan o‘zbekistonlik Ahror Muralimov o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi. AQShning Nyu-York shahridagi “Resorts World Casino” arenasida o‘tgan jangda Muralimov vakant bo‘lib turgan IBF North American kamari uchun amerikalik Derrik Rossiga qarshi ringga ko‘tarildi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
Afsuski, 10 raundga mo‘ljallangan jang yakunida hakamlarning qarori amerikalik bokschi foydasiga ishladi. Garri Rosato boshqargan jangda uch nafar yon hakamlari Jozef Paskuale 97-93, Robert Perez 96-94, Valeska Roldan 96-94 hisobida g‘alabani Rossiga tortiq etishdi.
Eslatib o‘tamiz, Ahror Muralimov shu kungacha o‘tkazgan 16 ta jangida g‘alaba qozongan, muddatidan avval nokaut bilan qozongan g‘alabalari soni 13 tani tashkil etayotgandi. Endi uning hisobida bitta mag‘lubiyat ham bor. Rossi esa bugun 30-g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Mag‘lubiyatlari soni esa 9 tani tashkil etmoqda.
Izoh (0)