O‘zbekiston yoshlar (U20) terma jamoasi shu yilning 17-21-fevral kunlari Myanmada o‘tkaziladigan xalqaro turnirda mezbon Myanma va Fiji termalariga qarshi o‘yinlarda ishtirok etishi kerak edi, deb xabar beradi “Stadion.uz”.
Biroq yaqinda bo‘lib o‘tgan JChga qur’a tashlash marosimidan keyin Ravshan Haydarov jamoasi ushbu musobaqaga bormaydigan bo‘ldi. Boisi, qur’a natijasida O‘zbekiston Fiji bilan bir guruhdan o‘rin oldi. Yuqorida tilga olingan musobaqa doirasida Fiji va Myanma o‘zaro ikki marta bahslashadi.
Eslatib o‘tamiz, Yangi Zelandiyada bo‘lib o‘tadigan musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi Germaniya, Gonduras va Fiji terma jamoalari bilan birgalikda “E” guruhidan o‘rin olgan.
Izoh (0)