Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu ayni vaqtda yomon kayfiyatda bo‘lib turibdi. Portugaliyalik futbolchi oxirgi o‘yinlarda o‘zini ko‘rsata olmadi va boz ustiga tug‘ilgan kunini tantanali qilib nishonladi. Bu holat unga nisbatan tanqidlar ko‘payishiga olib keldi, deb xabar beradi “Uff.uz”.
Qayd etilishicha, Ronaldu qilgan ishidan pushaymon bo‘lmoqda va o‘z aybini tan olib, muxlislar hamda jamoadoshlari bilan yarashish yo‘llarini izlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Atletiko”ga qarshi kechgan o‘yindagi mag‘lubiyatdan so‘ng (0:4) Ronaldu tug‘ilgan kunini nishonlagan va bu holat noroziliklar keltirib chiqargan edi. Ronaldu mavjud vaziyatni to‘g‘rilashga intilmoqda.
Izoh (0)