2014-yil bahorida milliarder Alisher Usmonov AQShning Apple va Facebook kompaniyalarining o‘zidagi aksiyalarini sotib yuborib, Xitoyning axborot texnologiyalar sohasidagi kompaniyalarga pul tika boshlagan edi. USM Advisors rahbari Ivan Streshinskiy bunday qaror qabul qilinishi sabablarini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Hi-tech.Mail.ru”.
“Biz Amerika bozoriga ishonamiz. Biroq agar aksiyalarni yaxshi narxga olgan bo‘lsak va foyda ham ko‘rilgan bo‘lsa, aldanib qolmasdan ularni sotish lozim. Apple biz uchun boshidan uzoq muddatli investitsiya emas edi, biz aksiyalarni tezda sotishni mo‘ljallagandik. Facebook esa uzoq muddatli edi. Biz ushbu biznesga 8−10 milliard dollar kapitallashtirish bo‘lgan davrda kirdik, 100 milliard dollarga yaqinlashganda esa sotdik”, − dedi Streshinskiy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, aksiyalarni sotishga siyosat sabab bo‘lgani haqidagi xabarlar axmoqona gap. Bir kompaniyaga qo‘yilgan sarmoyadan 10 baravar foyda olingach, bundan 10−15 marta ko‘p foyda keltiradigan kompaniya chiqib turganda ishlab bo‘lingan kompaniyadagi ulushni sotish maqsadga muvofiq bo‘lishini ta’kidladi. Aynan shu sababdan va bozordagi vaziyatdan kelib chiqib Xitoyning Alibaba va Xiaomi kompaniyalariga sarmoya kiritilgan. Streshinskiy Xiaomi Apple’dan o‘zib ketishiga ishonishini ma’lum qilgan.
Izoh (0)