Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ramzan Qodirov o‘zining ijtimoiy tarmoqlardan biridagi sahifasi orqali Chechenistonning Gudermes shahri yaqinida jahon maxsus xizmatlarining oliy toifasini tayyorlaydigan o‘quv majmuasi ochilishini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

“Xalqaro markazda Rossiya va boshqa mamlakatlarning maxsus xizmatlari va barcha turdagi qo‘shinlarining maxsus vazifalarni bajaruvchi bo‘linmalari tayyorlanadi. Bu o‘ziga xos taktik shaharchada garovga olinganlarni ozod etish va terrorchilarni yo‘q qilish bo‘yicha mashg‘ulotlarga mo‘ljallangan baland uy-joylar, maktablar, shifoxonalar, bolalar bog‘chalari, kinoteatrlar quriladi. Markazda parashyutdan sakrash, o‘rmon, tog‘, suv va boshqa sharoitlardagi tayyorgarliklar ko‘rish mumkin bo‘ladi. Shuningdek, aerodinamik quvur ham quriladi”, − deb yozdi Qodirov.

Qodirovning ta’kidlashicha, bunday markaz Rossiyada birinchisi bo‘ladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Foto: Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosim
Sport
Eng tartibli himoyaga ega O‘zbekiston, 69 gol va yuzdan ortiq sariq kartochka. U-20 Osiyo Kubogi—2023 raqamlarda
Mahalliy
O‘zbekiston Markaziy Osiyoda yagona to‘lov tizimi yaratishni taklif qildi