Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumani Vodil qishlog‘idagi savdo do‘koni SVOJJDLQK departamentining tuman bo‘limi va davlat soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan tekshiruvdan o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Huquq” gazetasi.
Tegishli tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tmay, maxsus ruxsatnomaga ham ega bo‘lmay, qonunga xilof ravishda alkogolli ichimliklar va tamaki mahsulotlari sotilayotgan do‘kondan 116 turdagi jami 10 million 538 ming so‘mlik spirtli ichimliklar, tamaki va oziq-ovqat mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olinib, belgilangan tartibda dalolatnoma tuzildi.
Shuningdek, ashyoviy dalil sifatida olingan to‘rt turdagi aroq, bir necha turdagi konyak va vinoning iste’molga yaroqsizligi, inson hayoti va sog‘lig‘i talablariga javob bermasligi aniqlandi.
Muqaddam sudlanib, amnistiya aktiga asosan jazodan ozod etilgan sudlanuvchining astoydil pushaymonligi, ikkinchi guruh nogironi ekanligi, oilaviy sharoiti, yashash joyida ijobiy tavsiflangani etiborga olinib, unga eng kam ish haqining 50 barobari miqdorida jazo tayinlandi. Sud hukmiga binoan, ashyoviy dalil sifatida olingan 106 turdagi 10 million 145 ming so‘mlik tamaki va alkogol mahsulotlari yo‘q qilindi.
Izoh (0)