2015-yilning 11-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Xitoy Xalq Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi Sun Litsze bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligining rasmiy saytida xabar berildi.
Suhbat davomida xalqaro maydondagi dolzarb masalalar, jumladan, BMT Xavfsizlik kengashini isloh qilish yuzasidan olib borilayotgan munozaralar jarayoni muhokama qilindi.
Izoh (0)