Samsung kompaniyasi o‘zining aqlli televizorlari suhbatlarni yozib olib, turli tashkilotga jo‘natishi haqida foydalanuvchilarni ogohlantirdi, deb xabar bermoqda “CNews.ru”.
“Ovozni tanish funksiyasini taqdim etish, shuningdek qurilmalarning ishini yaxshilash televizorlar ovozli buyruqlar va tegishli matnlarni yozib olishi, Samsung kompaniyasi esa ularni to‘plashi mumkin. Ovozni tanishdan foydalanish chog‘ida shaxsiy ma’lumotlarni oshkor qilsangiz, bu ham boshqa tashkilotlariga jo‘natiladigan axborotlar qatoriga kirishini inobatga oling”, − deyiladi kompaniya bayonotida.
Electronic Frontier Foundation huquqni himoya qilish tashkiloti a’zosi Parker Xiggins ushbu ogohlantirishni Jorj Oruellning “1984” roman-antiutopiyasida aytilgan odamlarni kuzatish uchun televizorlarga o‘rnatilgan va o‘chirib bo‘lmaydigan kameralar haqidagi holatga o‘xshatgan.
O‘z navbatida, Samsung Electronics ushbu vaziyatga izoh berarkan, ushbu texnologiya axborotni himoya qilishning sanoat standartlari asosida ishlashini, ma’lumotlar kodlangan holatda yuborilishini, shuningdek, foydalanuvchi istasa, ovozni tanish funksiyasini o‘chirib qo‘yishi mumkinligini ma’lum qilgan.
Izoh (0)