Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumanida Amudaryo quyi oqimi bo‘yida yashovchi aholi uchun eng aziz qadamjolardan bo‘lgan Sulton Uvays maqbarasini restavratsiya va konservatsiya qilish ishlari yakuniga yetmoqda. Bu haqda Uzbekistan Today xabar berdi.

Foto: ut.uz

Foto: ut.uz

Majmua sahro o‘rtasida, Nukus va Amudaryo tumanini Beruniy tumani bilan bog‘lovchi yo‘l yoqasida joylashgan. Qayd etilishicha, Sulton Uvays muhaddislik sohasida shuhrat qozongan. Uning muxlislari maqbarani ziyoratgohga aylantirgan.

Hozirda majmua masjid, ko‘l, savdo markazlari, ovqatlanish joylari, mehmonxonani o‘z ichiga oladi. Yodgorlik XII−XIV,  XVI−ХIX asrlarga taalluqli ekanligi aytilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 26-mart kuni qanday ob-havo kuzatiladi?
Salomatlik
Filtrlangan, qadoqlangan yoki qaynatilgan: organizm uchun eng foydali suv qaysi?
Mahalliy
Wizz Air Toshkent va Samarqandga parvozlar sonini oshirmoqda