Yangi Zelandiyada bo‘lib o‘tadigan U-20 yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionati final bosqichiga qur’a tashlash marosimi 10-fevral kuni Yangi Zelandiyaning Oklend shahrida bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Futbol federatsiyasi matbuot xizmati.
Ta’kidlash lozim, ertaga bo‘lib o‘tadigan qur’a tashlash marosimida O‘zbekiston vakillari ham ishtirok etishadi. O‘zbekiston U-20 terma jamoasi delegatsiyasi kecha Yangi Zelandiya poytaxti Oklend shahriga jo‘nab ketgan.
Eslatib o‘tamiz, Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston U-20 yoshlar terma jamoasi o‘tgan yili Myanmada bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida kuchli to‘rtlikka kirib Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi.
Ma’lumot uchun, 8-fevral kuni KONMEBOLda ham yoshlar o‘rtasidagi qit’a chempionati bahslari yakuniga yetdi va Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan yana to‘rt terma jamoaning nomi ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, KONMEBOL mintaqasidan Argentina, Braziliya, Kolumbiya hamda Urugvay terma jamoalari Yangi Zelandiyadagi Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritishgan.
Shu tariqa, ayni damga kelib Jahon chempionatida ishtirok etadigan 24 jamoadan 20 ta terma jamoaning nomi ma’lum bo‘ldi. Hozircha Jahon chempionatida ishtirok etadigan Afrika qit’asi jamoalari no’malum, boisi yoshlar o‘rtasida Afrika qit’asi chempionati 8−22-mart kunlari o‘tkaziladi
Izoh (0)