O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lumotiga ko‘ra, ushbu haftada O‘zbekistonning aksariyat hududlarida yomg‘ir yog‘adi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, 9−10-fevralda ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 11−12-fevralda vaqti-vaqti bilan biroz yomg‘ir yog‘adi, 13−14-fevralda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0−5° iliq, ba’zi joylarda 2° sovuqgacha, kunduzi 11−12-fevralda 3−8° iliq, 13−14-fevralda 0−5° iliq bo‘ladi.Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 9−10-fevralda ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 11−14-fevralda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7−12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11−13-fevralda 7−12° iliq, 14-fevralda 4−9° iliq, kunduzi 11-fevralda 15−20° iliq bo‘ladi, 12−14-fevralda 8−13° iliqgacha pasayadi
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 9−10-fevralda ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. 11−14-fevralda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 7−12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4−9° iliq, kunduzi 11-fevralda 15−20° iliq, 12−14-fevralda 10−15° iliq bo‘ladi
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 9−10-fevralda ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. 11−14-fevralda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 7−12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7−12° iliq, kunduzi 11-fevralda 16−21° iliq bo‘ladi, 12−14-fevralda 10−15° iliqgacha pasayadi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 9−10-fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 11−14-fevralda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7−12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2−7° iliq, kunduzi 11-fevralda 13−18° iliq, 12−14-fevralda 10−15° iliq bo'ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, 9−10-fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. 11−14-fevralda vaqti-vaqti bilan yo‘gingarchilik bo‘ladi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 7−12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0−5° iliq, ba’zi joylarda 2° sovuqgacha, kunduzi 9−10-fevralda 7-12° iliq, 11−14-fevralda 3-8° iliq bo‘ladi.
9−15-fevralda respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. 10−15-fevralda O‘zbekistonning tog‘ oldi hududlarida sel kelishi xavfi bor.
Izoh (0)