Sirdaryo viloyati Sardoba tumanidagi “Mirzo Ulug‘bek” mahalla fuqarolar yig‘inining faoliyati o‘rganilganda, bir necha fuqaro 16 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmagan bolalari uchun nafaqa so‘rab murojaat qilmagan bo‘lsa-da, mahalla fuqarolar yig‘ini kotibasi ularning hujjatlarini soxtalashtirib, 2013-yil yanvar oyidan 2014-yil fevral oyiga qadar 4 million 368 ming so‘m nafaqa puli yozganligi va ushbu mablag‘larni o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborgani aniqlandi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.
Shuningdek, mahallada yashovchi yana bir necha fuqaro 16 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmagan bolalari uchun nafaqa pulini belgilangan muddatda olib bo‘lgan va ularga nafaqa berish to‘xtatilgan. Mahalla kotibasi ularning bexabarligidan foydalanib, 2013-yil yanvar oyidan 2014-yil fevral oyiga qadar 10 million 698 ming so‘mlik byudjet mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-taroj qilganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan qonunbuzarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, sud tomonidan unga nisbatan tegishli jazo tayinlandi.
Izoh (0)