19-yanvar kuni o‘zining Buenos-Ayresdagi uyida o‘lik holda topilgan prokuror Alberto Nisman avvalroq Argentina prezidenti Kristina Fernandes de Kirshnerni hibsga olish uchun order tayyorlagani ma’lum bo‘ldi, deb yozadi Meduza.
Prokuror o‘limi bo‘yicha tergov ishlariga rahbarlik qilayotgan Viviana Feyn so‘zlariga ko‘ra, hibs uchun order qoralamasi Nismanning uyidagi axlat qutisidan topilgan. U 2014-yilning iyunida yozilgan bo‘lgan. Nisman shuningdek, Argentina tashqi ishlar vaziri Ektor Timerman va Kirshnerni qo‘llab-quvvatlovchi boshqa qator siyosatchilar uchun ham orderlar tayyorlagan.
Biroq, oxir-oqibat Nisman ularni hibsga olish uchun ruxsatnomadan qandaydir sabablarga ko‘ra voz kechgan.
Izoh (0)