Moskvaning “Lokomotiv” klubida to‘p surayotganoO‘zbekistonlik futbolchi Vitaliy Denisov Osiyo Kubogi—2015ni unutib, o‘z jamoasi natijalariga diqqatini qaratmoqchi ekanligini ta’kidlab o‘tdi, deb xabar bermoqda “Stadion.uz”.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston termasi Avstraliyada o‘tkazilgan musobaqaning chorak finalida Janubiy Koreya termasiga qo‘shimcha taymlarda imkoniyatni boy bergandi.
“Hozir Osiyo Kubogida bo‘lganlarni unutishga va oldinga intilishga harakat qilyapman. Avstraliyada yaxshi xotiralar ham, yomoni ham bo‘ldi. Ammo har doim kechagi kun bilan yashab bo‘lmaydi, yaxshi narsalar haqida, shuningdek, mavsum boshlanguncha ko‘radigan tayyorgarligim haqida o‘ylashga harakat qilyapman”, — dedi Denisov.
Izoh (0)