Qatar futbol federatsiyasi Myunxenning “Bavariya” klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaga taklif bilan chiqdi, deb xabar bermoqda “Uff.uz”.
Xabar qilinishicha, federatsiya rahbariyati Gvardioladan Qatar terma jamoasiga bosh murabbiy bo‘lishni so‘ragan. Shartnomaga ko‘ra, Gvardiola 2016-yilda Qatar terma jamoasini qabul qilib olib, uni 2022-yilgi jahon chempionatiga tayyorlashi lozim.
Eslatib o‘tamiz, 2022-yilgi jahon chempionati Qatarda bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)