Mobil dasturlar va o‘yinlarning daromad berishi musiqa va kinoning birgalikda olingan ko‘rsatkichidan o‘zib ketdi. Bu haqda axborot texnologiyalar sanoati tahlilchisi Xoras Dedyuning tadqiqotida ma’lum qilindi, deb xabar bermoqda “Sukerberg Pozvonit” sayti.
Tahlilchining ta’kidlashicha, 2014-yilda iOS dasturlarni ishlab chiquvchilar o‘z ilovalarini sotishdan Gollivud studiyalari AQShda to‘plagan kassa mablag‘laridan ko‘proq daromad topgan.
Bundan tashqari, ayrim dasturchilar alohida olinganda ko‘plab Gollivud aktyorlaridan ko‘proq ishlab topgan. Mobil ilovalar sanoatida yaratilgan ish o‘rinlari (627 ming) kino sanoatidagidan (374 ming) ancha ko‘p, bu sohada ish boshlash osonroq va u sezilarli darajada tez o‘sib bormoqda.
Izoh (0)