Gollandiya Qirollik futbol federatsiyasi “PSV” himoyachisi Yetro Villemsning qizil kartochkasini bekor qildi. Bu qarorga uchrashuv hakamining o‘z xatosini tan olganidan so‘ng kelindi, deb xabar beradi “Stadion.uz”.
Voqea Gollandiya chempionatining 21-turida “NAK” va “PSV” klublari o‘rtasidagi uchrashuvda ro‘y berdi. Hakam Kevin Blom uchrashuvning 29-soniyasidayoq Villemsga qizil kartochka ko‘rsatdi. Bu golland futbolidagi rekord natija edi. Avvalgi rekord 1 daqiqayu, 19 soniyada chetlashtirilgan “Feyenoord”ning ivuarlik futbolchisi Bonaventura Kaluga tegishli edi.
Videotakrorda ma’lum bo‘lishicha, Villems raqibiga hatto tegmagan, raqib simulyatsiya ishlatgan. Videotakrorni ko‘rgan Blom federatsiyaga xat yozib, xatosini tan olgan.
Uchrashuv 2:0 hisobida “PSV”ning g‘alabasi bilan tugagan.
Izoh (0)