O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2014-yilgi faoliyati yakunlarini sarhisob etish va 2015-yil tizimda amalga oshiriladigan muhim vazifalarga bag‘ishlangan hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi vazirlikning axborot xizmati.
Yig‘ilishda Xalq ta’lim vaziri o‘rinbosari, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi ijro etuvchi direktori Erkin Iskandarov bolalar sporti inshootlaridan samarali foydalanish hamda o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida sportni yanada ommalashtirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’ruza qildi. O‘tgan 2014-yilda 115 ta bolalar sporti obyekti foydalanishga topshirilgani, sport inshootlarini barcha zarur sport anjomlari va uskunalari bilan jihozlash hamda qayta jihozlashga jami 21 milliard so‘m yo‘naltirilgani, sport obyektlaridan samarali foydalanish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilayotgani qayd etildi.
2015-yil jihozlash va qayta jihozlash dasturi asosida xarid qilinadigan sport anjomlari va uskunalarining manzilli dastur asosida ta’lim muassasalariga hamda sport inshootlariga yetkazilish masalasi muhokama etildi.
Izoh (0)