Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida boks bo‘yicha D. Shopokov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi. O‘ndan ortiq davlat vakillari qatnashgan musobaqada O‘zbekiston charm qo‘lqop ustalari ham to‘liq tarkibda ishtirok etdi. Bu haqda “Olamsport.com” xabar bermoqda.
Yakunda Mahmud Xo‘jayev va To‘lqin Qilichev shogirdlaridan 2 nafari oltin medalni qo‘lga kiritdi. Yana bir o‘zbekistonlik bokschi kumush medalga sazovor bo‘ldi. Yarim finalda mag‘lubiyatga uchragan 91 kg vazn toifasidagi bokschi Sardor Begaliyev bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
O‘nta vazn toifasidan 5 tasida oltin medalga ega chiqqan mezbonlar umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Ikkita oltin, bittadan kumush hamda bronza medali bilan taqdirlangan O‘zbekiston terma jamoasi xalqaro turnirda ikkinchi bo‘ldi. Bittadan oltin medalni qo‘lga kiritgan Rossiya, Tailand va Qozog‘iston terma jamoalari keyingi pog‘onalarni band etdi.
Izoh (0)