“Paxtakor” klubi tarbiyalanuvchilari Coppa Carnevale (“Koppa Karnevale”) musobaqasidagi ilk uchrashuvda mag‘lubiyatga uchradi, deb xabar beradi “Uff.uz”.
Toshkentlik yosh futbolchilar birinchi uchrashuvda “Napoli”ga to‘qnash keldi va 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Suhrob Nurulloyev “sherlar”ning yagona goliga mualliflik qildi.
“Paxtakor” endi 4-fevral kuni “LIAK Nyu York” jamoasi bilan o‘ynaydi. Guruhdagi so‘nggi bellashuv esa 6-fevral kuni “Verona”ga qarshi o‘tkaziladi.
Izoh (0)