Yaponiyada 54 yoshli Hideyuki Noguchi go‘yoki uyqu vaqtida qon bosimini o‘lchash bo‘yicha klinik tadqiqotlar o‘tkazish uchun ko‘ngilli ayollarni qidirayotganligi to‘g‘risida e’lon bergan. Aslida u hech qanday tadqiqot o‘tkazmagan, buning o‘rniga u jabrlanuvchilarga kuchli ta’sir qiluvchi narkotik moddalar bergan va ularni zo‘rlagan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar beradi.
Oxirgi ikki yil davomida mazkur shaxs Yaponiyaning to‘rt shahrida yashovchi yuzdan ziyod ayolni zo‘rlagan. Xabarlarga ko‘ra, uning shifokorlik litsenziyasi yo‘q va hech qachon bo‘lmagan. Politsiya xodimlari so‘zlariga qaraganda, jinoyatchi jabrlanuvchilarning hushini yo‘qotishini kutib turgan, keyin ularni zo‘rlab, barcha voqeani kameraga yozib olgan. Olingan videoni Hideyuki Noguchi qora bozor va pornografik sayt vakillariga sotgan.
Zo‘ravonga qanday jazo tayinlanishi haqida hali ma’lum qilinmayapti.
Izoh (0)