Minskda Ukraina bo‘yicha kontakt guruhi ishtirokchilarining uch soatlik muzokaralari yakuniy hujjat imzolanmasdan yakunlandi, deb xabar bermoqda “Liga.net”.
“Uchrashuv tugadi. Hujjat muhokamasi hali davom etmoqda”, − dedi “Lugansk xalq respublikasi”ning muzokaralardagi vakili Vladislav Daynegoning vakili.
Eslatib o‘tamiz, 31-yanvar kuni Minskda Ukraina bo‘yicha kontakt guruhining muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Unda “Donetsk xalq respublikasi” va “Lugansk xalq respublikasi”ning vakillari Denis Pushilin va Vladislav Daynego, Kiyev vakili – Ukrainaning sobiq prezidenti Leonid Kuchma, YXHT vakili Xaydi Talyavini va Rossiyaning Ukrainadagi elchisi Mixail Zubarov ishtirok etdi.
Izoh (0)