Buyuk Britaniya armiyasida internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalangan holda psixologik urshlarga ixtisoslashgan maxsus xizmat tashil etiladi, deb xabar bermoqda “Rossiyskaya gazeta”.
“Bo‘linmalarning vazifasi taktika va strategiya raqibga qarab sezilarli darajada o‘zgaradigan XXI asrdagi assimetrik urushlarlarda qatnashish bo‘ladi”, − dedi Buyuk Britaniya quruqlik qo‘shinlari bosh qo‘mondoni Nik Karter.
Bershir grafligidagi Nyuberi shahrida joylashadigan 2000 kishilik bo‘linma 77 raqamini va Chindit belgisini oladi. Ushbu belgi Ikkinchi jahon urushida Birmada mahalliy aholiga yordam berib, Yaponiya armiyasiga qarshi partizanlik urushini ochgan britaniyalik qo‘mondonlarga tegishli bo‘lgan.
Izoh (0)