Alpinist Uill Gadd muzlab qolgan oqim bo‘ylab Niagara sharsharasiga ko‘tarilishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar bermoqda Meduza. Red Bull saytining ma’lumotiga ko‘ra, u ushbu sharsharadan oqimga qarshi o‘tgan tarixdagi birinchi inson bo‘ldi.
Yuqoriga ko‘tarilish uchun alpinist muz qoyalarga chiqishga moslashtirilgan maxsus vositalardan foydalangan. Biroq u atrof-muhitga zarar yetkazmaslik uchun muz yoruvchi uskunalardan foydalanishdan bosh tortgan.
Gaddning yo‘nalishining uzunligi jami 44 metrni tashkil etdi. U sharshara tepasiga 3 marta chiqqan, har bir ko‘tarilishga bir soatdan sarflagan.
Izoh (0)