Amerikaliklarga notijoriy va xususiy xarakterdagi pul o‘tkazmalarini Qrimga jo‘natish va qabul qilishga ruxsat berildi, deb xabar bermoqda “Rossiyskaya gazeta”.
AQSh Moliya vazirligining aniqlik kiritishicha, pul o‘tkazmalarini faqatgina Vashington tomonidan shaxsiy sanksiyalarga duchor bo‘lgan qrimliklar amalga oshira olmaydi.
Qayd etilishicha, 2014-yil so‘ngida AQSh prezidenti Barak Obama tomonidan Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar Qrim bilan iqtisodiy munosabatlarni ham o‘z ichiga olgan. Jumladan, mahsulot va xizmatlarni Qrimga eksport va import qilish taqiqlab qo‘yilgan.
Izoh (0)