Rossiyalik qo‘shiqchi Mashani Vladimir Putin haqidagi “Mening Putinim (Rossiya−Ukraina” deb nomlangan yangi klipini taqdim etdi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Klipda qiz ikki xil ko‘rinishda chiqib, Rossiya va Ukrainani tasvirlaydi. “Rossiya-qiz” dalada erkin sayr qilib, Putin haqida quvonch bilan kuylaydi. “Ukraina-qiz” esa yerto‘lani eslatuvchi joyda yordamga chaqirayotgandek qayg‘uda o‘tiradi.
Klip bir sutkadan kamroq vaqt ichida YouTube’da 700 ming martadan ko‘p ko‘rilgan. Xizmat foydalanuvchilari klip ostiga 6 mingdan ortiq izoh qoldirgan.
Izoh (0)