Kolumbiyalik mashhur qo‘shiqchi Shakira hamda “Barselona” futbolchisi Xerard Pike oilasida yana bir farzand tug‘ildi. Bu haqda “Kun.uz” xabar qilmoqda.
Xabarda aytilishicha, 29-yanvarga o‘tar kechasi tug‘ilgan ikkinchi farzand ham o‘g‘il bo‘lgan. Bu chaqaloq ona qornidan kesarcha kesish yo‘li bilan olingan. Ayni paytda Shakiraning ahvoli yaxshiligi aytilmoqda.Ma’lum qilinishicha, tug‘ruqdan oldin qo‘shiqchi Barselona shahridagi tug‘ruqxonaning bir qavatini to‘liq o‘zi uchun band qilgan.
Biroz oldinroq, Shakira va Pike o‘zlarining birinchi farzandi ikki yoshli Milanni dunyoning yetti tilini o‘rgatishni rejalashtirayotgani ma’lum qilingan edi. Ular ikkinchi farzandlariga hozircha ism ham, kasb ham tanlashmagan.
Izoh (0)