“O‘zbekiston temir yo‘llari” DATK bosh menejeri − bosh muhandisi Sherzod Ismatullayev 2015−2020-yillarga rejalashtirilgan temir yo‘llarni elektrlashtirish bo‘yicha loyihalar doirasida Xitoydan 32 ta elektrovoz olib kelish rejalashtirilayotganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “12news.uz”.
“Kompaniyamiz 10 yildan ko‘proqq vaqtdan buyon xitoylik ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik qilib keladi. Bizni ularning mahsulotlarining texnik xususiyatlari, sifati va narxi qoniqtiryapti”, – dedi Ismatullayev.
Qayd etilishicha, Xitoydagi Dalyan elektrovoz qurish zavodida O‘zbekiston uchun maxsus ishlab chiqarilgan O‘ZEL seriyasidagi elektrovozlar yo‘l sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan va bugungi kunda yuk tashuvlariga maksimal darajada jalb etilgan
Avvalroq, “O‘zbekiston temir yo‘llari” DATK rahbriyati Angren-Pop yo‘nalishidagi murakkab tog‘ sharoitlari uchun foydalanishga mo‘ljallangan 11 ta yuk elektrovozlari Xitoydan keltirilishi masalasi ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)