Qayta tiklash bo‘yicha olib borilgan ishlar qurib borayotgan Orol dengizining shimolidagi kichik qismda baliqlar va boshqa hayot belgilari qayta boshlashiga olib kelmoqda, deb xabar berdi “12news.uz”.
So‘nggi 50 yil mobaynida Orol dengizi suv hajmining 70 foizini yo‘qotgan. 2006-yilda Qozog‘iston Jahon banki yordamida dengizning shimoliy qismini to‘ldirish uchun qurgan to‘g‘on Kichik Orol dengizining paydo bo‘lishiga olib keldi.
Oxirgi bir necha yil ichida bu mintaqaga 5 ming kishi ko‘chib kelib, Aralsk va uning atroflari aholisi 72 ming kishiga yetgan. Kichik orol dengizida tutilgan baliqlar 2001-yildagi 695 tonnadan 2014-yilda 5595 tonnaga yetgan.
Izoh (0)