• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Mirjalol Qosimov: Oldimizga qo‘yilgan vazifani bajara olmaganimiz uchun muxlislardan uzr so‘rayman

    O‘zbekiston milliy terma jamoasining Osiyo kubogi−2015’dagi ishtiroki va kelgusi rejalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda O‘FF Terma jamoalar markazi rahbari Asqar Tolibjonov va Milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Stadion.uz”.

    Foto: AFC

    Foto: AFC

    Asqar Tolibjonov:

    — Boshlanayotgan futbol mavsumi bilan tabriklayman. Hali klublarimiz mavsumga kirishmasdan oldin terma jamoamiz yirik musobaqada ishtirok etib qaytishdi. Terma jamoaning ishtiroki borasidagi fikrlar bilan murabbiyimiz o‘z fikrlarini bildiradi. Boshqa terma jamoalarimiz haqida to‘xtaladigan bo‘lsam, fevral oyida O‘zbekiston U-22 terma jamoasi Tailanddagi Qirol kubogida ishtirok etadi, yoshlar terma jamoamiz hozirda Turkiyada bir qancha o‘rtoqlik o‘yinlarida ishtirok etmoqda.

    Shuningdek, MTJning Osiyo kubogidagi o‘yinlari murabbiylar shtabi tomonidan tahlil qilinmoqda. Osiyo kubogidagi tajriba keyingi musobaqalarda asqotadi deb o‘ylayman. Terma jamoamiz JCh-2018 saralash bosqichini boshlaydi. Hozirda tayyorgarlik rejasini ishlab chiqilmoqda. Qur’a tashlanib, raqiblar aniq bo‘lgandan keyin rejaga so‘nggi o‘zgarishlar kiritilib, yanada aniqlik kiritilib, keng ommaga ma’lum qilinadi.

    Mirjalol Qosimov:

    — Yaxshi niyatlar bilan Avstraliyaga yo‘l oldik. Sovrinli o‘rinlarni egallashni niyat qilgandik. To‘g‘ri, Xitoyga qarshi o‘yinimiz qoniqarsiz bo‘ldi. O‘yindan o‘yinga kuchayib bordik. Chorak finalda qit’amizning eng kuchli jamoasi bilan to‘qnash kelib, bu jamoani mag‘lub etishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ydik. O‘yin tomonlama bu jamoaga yutqazmadik. Yigitlar maydonga yonib tushdi. Yurtimiz sha’nini himoya qildik. Natijadan qoniqmadim. Muxlislarni ranjitdik. O‘zim nomidan, qoniqarsiz natija uchun futbolchilar nomidan muxlislar va jurnalistlardan uzr so‘rayman.

    Ushbu yildan JCh-2018 saralash o‘yinlarini boshlaymiz. Qur’adan keyin rejalar aniq bo‘ladi. Mart oyida ikkita o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazamiz: 27 mart kuni Janubiy Koreya, 31 martda esa Yaponiya bilan.

    — Terma jamoaga nomzod futbolchilarning jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha klublar futbolchilarning holatini nazorat qilib, ularga kerakli yuklamalarni berib borish bo‘yicha nazorat ishlari olib borilmoqdami?

    A.Tolibjonov: — Fikringizga qo‘shilaman, futbolchining jismoniy tayyorgarligi hozirgi kunda birinchi planga chiqmoqda. Bu borada terma jamoaga nomzod futbolchilarning klublariga kerakli topshiriqlar berilgan. Joylarda bu reja bajarilmoqda. Bu reja barcha joyda 100 foiz bajarilmoqda deb ayta olmayman, ammo buni nazorat qilib turibmiz. Bundan tashqari, murabbiylar shtabi ham klublarning o‘yinlarini kuzatib borish orqali terma jamoaga nomzod futbolchilarning holatini kuzatib borishadi.

    Mirjalol Qosimov:

    — Hozirda terma jamoa qancha iqtidorli va texnikasi yuqori bo‘lmasin, jismoniy holati yuqori bo‘lmasin, u maydonda o‘zini ko‘rsata olmaydi. Tabiiyki, barcha futbolchilar avvalo o‘z jamoalarida tayyorgarlikka ega bo‘lishadi. Masalan, hisob-kitoblarga ko‘ra, futbolchilarimiz Osiyo kubogining guruh bosqichida har bir futbolchi guruh bosqichida 10 kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tishdi. Koreya bilan o‘yinda 13-14 kilometrdan yugurishdi. Bu juda yaxshi ko‘rsatkich. Afsuski, Oliy ligada o‘yinlarida bo‘ladi, unda futbolchi bor-yo‘g‘i 5-6 kilometr yugurish — bu juda past ko‘rsatkich. Raqamlar shuni ko‘rsatdiki, biz o‘yindan o‘yinga kuchayib bordik.

    Janubiy Koreya bilan so‘nggi 3ta muhim o‘yinlarda raqibni yuta olmayapmiz. Buning sababi nimada? O‘yinni tahlil qiladigan bo‘lsak, avvalgi o‘yinlarga qaraganda, bu galgi chorak finalda yaxshi o‘ynadik. Biz nechta gol o‘tkazib yuborish emas, faqat g‘alaba uchun o‘ynagandik. E’tibor bergan bo‘lsangiz, biz bilan o‘yinda koreyaliklarning ko‘pgina o‘yinchilari tomiri tortishib qoldi. Muhimi yosh ftubolchilarimiz — Rashidov, Muhammadiyev, Sergeyev muhim o‘yinlarda o‘zlarini yo‘qotib qo‘yishmadi. Kuchli jamoa bilan o‘yinda shuncha imkoniyat yaratganimizni o‘zi katta gap.

    — Janubiy Koreyaga qarshi o‘yinda Server Jeparovning maydonga tushmagani xato bo‘ldi deb hisoblaysizmi?

    − Yo‘q. Tanganing orqa tomoni bor, Jeparov Koreya futbolini yaxshi bilgani bilan, koreyslar ham Serverni yaxshi bilishardi. Bilasizmi, futbolda tahlil qilishdan oson narsa yo‘q. Masalan, Saudiya bilan o‘yinda Shodiyev tushib gol urmaganida, nima uchun Shodiyev, Sergeyev emas, degan gap bo‘lardi.

    — Asqar aka, so‘nggi paytlarda biz uchun tajriba to‘plash vazifasini o‘taydigan musobaqalar ko‘payib ketmayaptimi? Hukumat tomonidan berilgan e’tibor, natija ko‘rsatish uchun yetarli emasmi?

    Tolibjonov: — Federatsiya rahbariyati har qanday terma jamoa bilan o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazish uchun sharoit yaratib bergan. Bunga ruxsat bor. O‘tgan yili bir nechta o‘rtoqlik o‘yinlari uchun raqib tanlaganimizda Osiyo kubogidagi raqiblarimizni inobatga olgandik. Bir nechta Yevropa jamoalariga murojaat qilganimizda, ular Toshkentga kelishga rozi bo‘lishmadi yoki juda katta mablag‘ talab qilishdi. Yoki muddat borasida kelisha olmagan joylarimiz bo‘ldi.

    To‘g‘ri aytasiz, JCh, Olimpiadaga bir qadam qolganda qoqildik. Hech kimga, hakamlar, iqlim, maydonlarni bahona qilmoqchi emasman. Men shaxsan terma jamoalar markazi rahbari sifatida terma jamoamizning Osiyo kubogidagi o‘yinidan qoniqdim. Kelajakda o‘yinlariga umid qilishimiz mumkin bo‘lgan futbolchilar bor. Tarkibda o‘zgarishlar bo‘ladi.

    — Qosimovning yoniga kuchli mutaxassisni olib kelish yoki murabbiyning o‘zini Yevropaga malaka oshirishga yuborish masalasini ko‘rilmayaptimi?

    — Mirjalolni yonida yurgan mutaxassislar katta futboldan chiqqan mutaxassislar hisoblanadi. O‘FF prezidenti bilan uchrashuvda nafaqat milliy terma jamoa, balki boshqa terma jamoalarga xorijlik tajribali mutaxassislarni jalb qilish masalasi qo‘yildi. Faqat o‘sha maslahatchi murabbiyni Qosimovning o‘zi tanlaydi. Agar kerak bo‘lsa, terma jamoa bosh murabbiyi malakasini oshirish masalasini hal qilish mumkin.

    — So‘nggi paytlarda yoshlar va o‘smirlar terma jamoalarimizning JChda ishtirok etayotgani o‘zbek futbolida yutug‘i. Yoshlar va o‘smirlarimiz JChda ishtirok etganidan keyin qaysidir futbolchiga Yevropaning qaysidir jamoasi qiziqish bildirgani haqida mish-mish chiqadi, ammo u amalga oshmaydi. Masalan, J. Koreyaning bizga qarshi o‘ynagan 11 nafar futbolchisidan 10 nafari legionerlar edi. Bizning futbolchilar nima uchun Rossiyadan uyog‘iga o‘ta olmayapi?

    — Avvalo o‘smirlar va yoshlarimizning yaxshi natijalar qayd etayotgani bu — hukumatimizning e’tibori mevasi. Biz o‘ynagan paytda terma jamoa o‘yinlariga yig‘insiz borardik. Hozir esa o‘smirlar, yoshlarimiz oylab, haftalab yig‘in o‘tkazishadi. Buning oqibatida natijalar yaxshi bo‘lmoqda.

    Men hamisha futbolchilarimizning xorij chempionatlarida o‘ynash tarafdori bo‘lib kelganman. Shunda futbolchilarimiz o‘sishadi. Hozirgi kunda futbolchilarimizga nisbatan xorijda qiziqish past ekan, demak, milliy chempionatimizni kuchaytirishimiz kerak. Futbolchilar avvalo o‘z klublarida pishib yetiladi. Shuningdek, milliy chempionatga kelayotgan legionerlar kuchli bo‘lishi kerak, mahalliy futbolchilarga ularga qarab o‘sishi kerak.

    — Biz 1989 va 1993-yildagi futbolchilarni yo‘qotib bo‘ldik. Buning sabablaridan biri futbolchi ko‘p vaqtini terma jamoadagi yig‘inlarda o‘tkazadi va klub murabbiyi unga asosiy tarkibda o‘yin bermay qo‘yadi. Qachon bunday yo‘qotishga chek qo‘yiladi. Buning uchun qachon tizim ishlab chiqiladi?

    — O‘rinli savol. Terma jamoalarga sharoit yaratish maqsadida haqiqatan ham futbolchilar o‘z klubidan ko‘ra ko‘proq yoshlar terma jamoalarida bo‘lib qolishmoqda. Natijada ular o‘z klublarida o‘rinlarni yo‘qotib qo‘yishmoqda. Ammo bunday futbolchilarning o‘zlarining ham ayblari bor. Ular ba’zida yulduzlik kasaliga chalinib qolishadi. 2015-yil taqvimi, terma jamoalar murabbiylari va O‘FF bosh direktori Magometov birgalikda tuzib chiqiladi. Barcha jihatlar inobatga olinadi.

    — O‘yinchilar Oliy ligaga qaytganidan keyin yana past saviyadagi o‘yinlar ishtirok etish orqali o‘z mahoratini yo‘qotib qo‘yadi. Demak, terma jamoadagi ularning formasini qaytadan tiklashingizga to‘g‘ri keladi. Bundan xavotir olmayapsizmi?

    — Hozir bo‘layotgan fikrlardan keyin bitta narsani o‘ylab qoldim. Balki klublarda har bitta o‘yinda yoshlarning tarkibda o‘ynashini majburiy qilib qo‘yish kerakdir?

    — Osiyo kubogiga qur’a bundan bir avval tashlangandi. O‘shandayoq jamoamiz chorak finalda Janubiy Koreya bilan o‘ynashi aniq edi. Demak, bir yil davomida barcha e’tibor, reja va strategiya chorak finalda Koreyaga qarshi bo‘ladigan hayot-mamot jangiga qaratilgan edi. Osiyo kubogida esa siz dastlab 2ta o‘yinda boshqa tarkib, keyingi o‘yinlarda boshqa tarkibni tanlaganingiz, siz tanlagan rejaning xomligini bldiradimi?

    — Hamisha, oldindan qilingan reja bo‘yicha barcha narsa bo‘lavermaydi. Ba’zan unga yo‘l-yo‘laka o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi. Koreya bilan o‘yin davomida Odilning jarohat olishi rejamizga o‘zgartirish kiritdi. Odil o‘ynayotganda reja boshqacharoq bo‘lishi kerak.

    — O‘FF rahbariyati o‘rtoqlik o‘yinlari uchun pulni ayamasligini ta’kidlayapmiz. Qancha pul ketsa ham Toshkentda kuchli terma jamoa bilan hech bo‘lmasa bitta o‘rtoqlik o‘yinini tashkil etishning iloji bormi? Masalan, yaxshi marketing yuritilsa, o‘yinga sotiladigan chiptalar orqali o‘sha xarajatni oqlash mumkin...

    A.Tolibjonov: — Ba’zida terma jamoalar haddan tashqari ko‘p pul so‘rashadi, masalan, 5−7 million dollar mablag‘ so‘ralgan paytlar ham bo‘lgan. Bu real summa emas, haddan tashqari ko‘p. Shunga qaramay, agar vaziyat taqozo qilsa, biz Toshkentda shunday o‘yin tashkil qilamiz. Yanvar oyida 37 ta davlatga o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazish bo‘yicha murojaat qilganmiz. Bundan tashqari, shundoq ham 2015-yil davomida Toshkentda 4 ta rasmiy o‘yin o‘tkazamiz.

    M.Qosimov: — Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyining shaxsan o‘zi O‘zbekiston bilan o‘ynashni istadi. O‘zi mart oyidagi FIFA kunlarida Toshkent o‘yin tashkil etishni istagandim. Barcha tomonini inobatga olib, Yaponiya variantini tanladik. Bundan tashqari, biz o‘zimiz Janubiy Koreyaga o‘yin o‘tkazish taklifini bildirdik. Koreya 27-mart sanasiga boshqa jamoa bilan o‘yini borligiga qaramay, o‘zining rejalari o‘zgartirib, raqibga rad javobini berib, bizning taklifimizni qabul qildi.

    29.01.2015, 14:12   Izoh (0)   6859
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ahmedov va Denisov Osiyo Kubogi — 2015’ning eng qimmat futbolchilari o‘ntaligiga kirdi

    28.01.2015, 12:59

    Ukraina Rossiyani JCh — 2018’dan mahrum etishni rasman so‘raydi

    27.01.2015, 23:34

    Toshkent viloyatida erkin kurash bo‘yicha xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi

    27.01.2015, 23:06

    Mirjalol Qosimov: “Mirabror Usmonov terma jamoaning Osiyo kubogidagi ishtirokini qoniqarli deb topdi”

    27.01.2015, 10:53

    O‘zbekistondagi ixtisoslashgan sport internatlarida paralimpiya musobaqalari o‘tkaziladi

    26.01.2015, 13:18

    Qrim klublari futbol bo‘yicha Rossiya chempionatidan chetlatildi

    24.01.2015, 11:03
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Superliga. “Navbahor” Toshkentda “Bunyodkor”dan ustun keldi

    Sport | 18 may, 21:27

    Dunyoda ilk marta inson qovug‘i ko‘chirib o‘tkazildi

    Dunyo | 18 may, 21:16

    Isroil G‘azoda quruqlikdagi hujumni kuchaytirdi

    Dunyo | 18 may, 20:45

    Ronalduga 5 ta klub qiziqish bildirmoqda — Mirror

    Sport | 18 may, 19:55

    Xitoy Hindiston bilan mojaro payti Pokistonga yordam ko‘rsatdi — Bloomberg

    Dunyo | 18 may, 19:55

    Putinning Zelenskiy bilan uchrashish sharti ma’lum qilindi

    Dunyo | 18 may, 19:20

    Namanganda 1 sutkada bolalar avtomobil haydashiga oid 45 ta holat aniqlandi

    O‘zbekiston | 18 may, 18:51
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.