Farg‘ona viloyati nogironlar uchun mintaqaviy reabilitatsiya markazining yangi binosi foydalanishga topshirildi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi.
O‘zbekistonda aholini ijtimoiy muhofaza qilish, kam ta’minlangan, yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va himoya qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Farg‘ona viloyati nogironlar uchun mintaqaviy reabilitatsiya markazida ham bu borada keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Markazni rekonstruksiya qilish, oshxona, laboratoriya binolarini yangitdan qurishga 2 milliard 500 million so‘mdan ortiq mablag‘ sarflandi.
“Markaz nogiron va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam vakillariga tibbiy-ijtimoiy, konsultativ diagnostik yordam va kasb bo‘yicha reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatadi, — dedi markaz bosh shifokori Alisher Olimov. — Buning uchun markazda barcha sharoit yaratilgan. O‘tgan yili 1 ming 200 nafardan ziyod bemorga tibbiy xizmat ko‘rsatilib, salomatligi tiklandi”.
Markazda nogironlarga psixologik va huquqiy maslahat berish ham yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, doimiy ravishda trening mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda. Fizioterapiya, fitoterapiya, trenajyor zallari bemorlar ixtiyorida.
Izoh (0)